Iqtisodiyot fakultetida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.

2-mart kuni Iqtisodiyot fakultetida guruhlar aro zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi. Bu bahs Iqtisodiyot fakulteti dekanati va zakovat klubi rahbariyati bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Bellashuvning borishi

Bellashuvda fakultetning barcha bosqich talabalari ishtirok etishdi. Fakultetning yosh talabalari oʻzlarining ishtiyoqi va qiziqishlari bilan ajralib turgan boʻlsa, yuqori bosqich talabalari esa oʻzining mahorati va tajribasi bilan barchaga oʻrnak boʻldi.

Qizgʻin mulohaza

Bellashuv boshlanishi bilan barcha yeng shimarib bahsga kirishdi. Bellashuvning 1-savolidanoq qizgʻin bahs-munozara boshlandi. Bellashuv 2 turga boʻlingan holda oʻtkazildi. Har bir turda 6 tadan savol oʻynaldi. Savollar maydoniga "Zakovat sandiqchasi" ham olib chiqildi, bu bellashuvning yanada qiziqarli boʻlishiga zamin yaratdi.

"Zakovat sandiqchasi"

Talaba yoshlarning qiziqishlari va talabchanligi, intellektual oʻyinga boʻlgan munosabati, bir-biriga boʻlgan doʻstona munosabati tashkilotchilardan juda ham yaxshi taassurot qoldirdi.

Ismoilov Vohid yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari

Bellashuv yakunlariga koʻra faxrli 3-oʻrinni 5 ta savolga toʻgʻri javob berib talabalar turar joyining "EVEREST" jamoasi, 2-oʻrinni 6 ta toʻgʻri javob bilan 105-guruhning "YOSHLAR" jamoasi, oliy 1-oʻrinni 8 ta savolga toʻgʻri javob beraolgan 302-guruhning "BUXGALTERLAR" jamoasi egalladi.

Chempion jamoa

Har bir guruh aʼzolari ichida eng faol qatnashgan ishtirokchilar ham yakka tartibda taqdirlandi. Bellashuvda eng faol qatnashganligi uchun 3-darajali diplom bilan Salomov Musurmon, 2-darajali diplom bilan Tursunqulova Mohinur va 1-darajali diplom bilan Norimov Ogʻabek taqdirlandi.

Turopov Bekzod va Tursunqulova Mohinur

Eshmurodov Ulugʻbek va Norimov Ogʻabek

Bellashuv tashkilotchilarda ham ishtirokchilarda ham juda ham yaxshi taassurot qoldirdi. Tashkilotchilar ishtirokchilar bilan kulgusida ham mana shunday bellashuvlar tez-tez oʻtkazilib turilishiga kelishib olishdi.

Turopov Bekzod nazoratchi

Qizgʻin mulohaza

Bellashuv yakuni

Iqtisodiyot fakulteti maʼsullari talaba yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish borasida hali koʻp chora tadbirlarni amalga oshirish oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

 Iqtisodiyot fakulteti matbuot xizmati.

LTR RTL