REKTOR UNIVERSITET JAMOASI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZADI


    2025-yil 11-noyabr kuni soat 15:00 da universitet “Madaniyat saroyi"da SamDVMCHBU rektori, akademik Xudaynazar Yunusovning universitet jamoasi bilan OCHIQ MULOQOT uchrashuvi o‘tkaziladi.

   Ochiq muloqotda universitetdagi o‘quv, ilmiy tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim sifatiga qaratilayotgan e’tibor kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.

    Sizda universitet rektoriga murojaatingiz, aniq reja va takliflaringiz bormi? Unda Ochiq muloqotda qatnashing va muammolarga yechim toping.

    Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 11-noyabr kuni soat 14:50da to‘xtatiladi!

ESLATMA: Ochiq muloqot yakunida Rektor 1-bosh bino 2-qavatdagi fuqarolarni qabul qilish xonasida o‘tkaziladigan qabul jarayonida Siz shaxsiy masala, taklif va muammolaringiz bilan morojaat qilishingiz mumkin.