UNIVERSITETDA KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI BO’YICHA TA’LIM OLAYOTGAN 1-BOSQICH BAKALVRIATURA VA MAGISTRATURA TALABALARI DIQQATIGA
UNIVERSITETDA KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI BO’YICHA TA’LIM OLAYOTGAN 1-BOSQICH BAKALVRIATURA VA MAGISTRATURA TALABALARI DIQQATIGA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash to‘g‘risida”gi 177-sonli buyrug‘iga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025 o‘quv yili qabuli bo‘yicha tavsiya etilgan ta’lim grantlarini ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar o‘rtasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash hamda qo‘shimcha grant taqdim etish tartibi belgilangan.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha hamda magistratura bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga ta’lim granti soni to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantiga ajratildi (ilovada keltirilgan jadvalga muvofiq tanishish mumkin).
Bugungi kunda bakalavriatura va magistraturada 1-kursda ta’lim olayotgan barcha talabalar yangi 2025/2026 o‘quv yilida ta’lim grantlariga ega bo‘lishi uchun yuqorida qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablari bilan tanishishi va belgilangan talablarga mos kelgan taqdirda o‘z hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishi mumkinligini ma’lum qilamiz.