Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon

BUTUNJAHON KOʻCHMANCHI QUSHLAR KUNI



        Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 25-xatga asosan, joriy yilning 12-may kuni Respublikamizda "Butunjahon koʻchmanchi qushlar kuni" nishonlanishi rejalashtirildi.

        Ushbu kun munosabati bilan SamDVMCHBUniversitetining Biotexnologiya fakulteti " Biologiya, ekologiya va dorivor oʻsimliklar" kafedrasi mutaxassis professor-oʻqituvchilari tomonidan ilmiy seminar boʻlib oʻtdi.

    Seminarda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

    Ko‘chmanchi qushlarning ekologik tizimdagi o‘rni va ularni muhofaza qilishning dolzarbligi;

    Iqlim o‘zgarishining qushlar migratsiyasiga ta’siri;

    O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi asosiy migratsion yo‘nalishlar va ularni ilmiy kuzatish natijalari;

    Qushlar orqali kasalliklarning tarqalish xavfi va profilaktika choralari;

    Talabalar va yosh olimlarning ushbu yo‘nalishda olib borayotgan tadqiqot ishlari natijalari.

    Shuningdek, seminarda talabalar tomonidan tayyorlangan ekologik taqdimotlar va ko‘rgazmalar namoyish etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi va faol talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.


Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita