DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA EKOFAOL TALABA



    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti Biologiya, ekologiya va dorivor o'simliklar kafedrasi assistenti Mirzamurodov O.X. hamda ekofaol talaba yoshlar bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkilotiga tashrif buyurdi. tashrif davomida  Samarqand viloyat partiya tashkiloti raisi  X.Muxammadiyev ekofaol talabalar bilan davra suhbati o'tkazildi.
Yoshlar bilan uchrashuvda  Prezidentimizning joriy yil 15 maydagi PQ-184 sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish borasida o‘tkaziladigan tadbirlar kelishib olindi.