Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon

"BIOLOGIYA EKOLOGIYA VA DORIVOR O'SIMLIKLAR" KAFEDRASIDA 20-MAY "JAHON ASALARILAR KUNI" MUNOSABATI BILAN PROFESSOR-O'QITUVCHILAR HAMDA TALABA YOSHLAR ISHTIROKIDA SEMINAR BõLIB O'TDI.



    Joriy yilning 19-may kuni SAMDVMCHBuniversitetining Biotexnologiya fakulteti "Biologiya ekologiya va dorivor o'simliklar" kafedrasida 20-may "Jahon asalarilar kuni" munosabati bilan professor-o'qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirokida seminar bõlib o'tdi.

    Seminarda asalarilarning ekologik tizimdagi o‘rni, ularning inson hayoti va atrof-muhit muvozanatini saqlashdagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 

    Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan asalarilarning biologik xususiyatlari, changlatish jarayonidagi roli hamda dorivor o‘simliklar bilan bog‘liq o‘zaro aloqalari bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar qilindi.

    Talabalar tomonidan esa mavzuga oid taqdimotlar, ilmiy izlanishlar natijalari va asalarichilikning zamonaviy yo‘nalishlariga oid chiqishlar taqdim etildi.

    Seminar yakunida bu kabi tadbirlar yoshlarning tabiiy boyliklarga bo‘lgan e’tiborini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.


Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita