Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Rasulov Utkir 1990-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1996-yilda 03.00.19 – “Parazitologiya” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2020-yil 03.00.06 “Zoologiya” ixtisosligi bo’yicha Veterinariya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 90 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta tavsiyanoma, 6 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.