Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Muradov Saydullo 1975-yildan boshlab Samarqand qishloq xo‘jalik instituti virusologiya, mikrobiologiya, veterinariya sanitariya ekspertizasi kafedrasi assistent lavozimadan o‘qituvchilik faoliyatini boshlagan. Shuningdek, oxirgi 3 yilda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 60 ga yaqin ilmiy maqolalar, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy salohiyat to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.