Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma‘lumotlar
Suvonova Go’zal Asrorovna 12.07.1974-yil Samarqand viloyati Samarqand tumanida tavallud topgan.
Suvonova Go’zal Asrorovna 1991-1996 yillar Samarqand davlat universiteti Biologiya fakultetini tugatgan
Lavozim vazifalari
· Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
· Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
· Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
· Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
· Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish.
Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Mehnat faoliyati
1991-1996 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
1996-2002 yy. - Samarqand tumani «Do’stlik» jamoa xo’jaligidagi bolalar bog’chasida mudir yordamchisi
2002-2006 yy. - Samarqand qishloq xo’jalik instituti Agronomiya fakulteti aspiranti
2006-2017 yy. - Samarqand qishloq xo’jalik instituti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi assistenti
2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo’jalik instituti Ekologiya, botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi
2018-2022 yy. -Samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi
2022 y.-h.v.- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti Biologiya, Ekologiya va dorivor o’simliklar kafedrasi assistenti