WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Mamarasulov Shohrux Ne'matovich

Mahsulotlarni ishlab chiqarish,saqlash va qayta ishlash texnologiyasi asisstenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish  saqlash va tastlabki qayta ishlash texnologiyasi
  • Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva sabzavot mahsulotlari)

Shaxsiy ma’lumotlar

Mamarasulov shohrux  2014-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi bakalavr yo’nalishini  tamomlagan. 2018-yil Samarqand Veterinariya meditsinasi instituti  Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi magistraturasini tamomlagan.

Lavozim vazifalari

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

•  Barcha oʻquv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan xollarda) boʻyicha oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashgʻulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish; Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish; Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish; Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

•  Darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy oʻquv yurti rektoratining topshirigʻiga binoan qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan xammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

•  Nodavlat taʼlim muassasalarining buyurtmalari boʻyicha zaruriy oʻquv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish; Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;Auditoriya ishlarini optimizasiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

•  Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muxokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

•  Taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini taʼminlash; Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qidssh; Tajribali oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish; Uquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish, mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish. Bilishi kerak: Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, Vazirlikning Xayʼat Qarorlari, buyruqlari, OTMni rektori buyruqlarining moxiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;

Mehnat faoliyati

2010-2014 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

2014-2017 yy. - Jomboy tumani “Bepoyon agro hosil” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi

2016-2018 yy. - Samarqand  Veterinariya meditsinasi instituti magistr talabasi

2018-2019 yy. - Jomboy tumani “Mamarasulov shohrux dalasi” fermer xo‘jaligi raisi

2018-2020 yy. - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Samarqand shahar inspeksiyasi Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni nazorat qilish bo‘yicha 1-toifali inspektori

2020-2020 yy. - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Samarqand shahar inspeksiyasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha 1-toifali inspektori

2020-2022 yy. - Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo‘limi (analitik laboratoriya) 2-darajali mutaxassisi

2022 –2023yy.   - Jomboy tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha bosh mutaxassisi

2023 – yil sentyabr oyidan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash kafedrasi assistenti