Tadqiqot sohalari
08.00.08. "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit"
Shaxsiy ma’lumotlar
Yuldashev Sherali Xaitovich 1979-yil 4-sentabr kuni Samarqand viloyat Pastdarg’om tumanida tavallud topgan. 2002-yil Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bo’yicha bakalavrligini, 2004-yil Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti “Buxgalteriya hisobi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2022-yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” hozirgi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ish davomida 13 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 5 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda maqolalar, 1 ta o‘quv darslik, 1-ta uslibiy ko’rsatma chop qilingan. 2024-yildan 08.00.08. "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit" ixtisosligi bo‘yicha “G‘allachilik klasterlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish” mavzusida mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Lavozim vazifalari
Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
(Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
(Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
(Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
(Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
(Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
(Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
(Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
(Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
(Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
(Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish