G.A.Xamdamova fakultet va universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etib, universitet rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni Rivojlantirish Qo‘mitasining faxriy yorlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim va Innovatsiyalar Vazirligi Huzuridagi Bilim va Malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida B2 darajali sertifikatlari bilan taqdirlangan. Oxirgi 1 yilda 10 dan ortiq indeksatsiyalangan ilmiy maqolalar va bir qator milliy konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.
G.A.Xamdamova hozirgi kunda iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga da’vogarlik dissertatsiya ishi bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.
G.A.Xamdamova universitetdagi mavjud yuklamalarga, asosan talabalarga bir necha fanlardan amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarga asoslangan holda o‘zbek va rus tillarda olib boradi.