Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Kafedra o'qituvchisi

Ishturdiyev Hasan Abdigapparovich

O'qituvchi profili

Ishturdiyev Hasan Abdigapparovich

Ishturdiyev Hasan Abdigapparovich

Ishturdiyev Hasan Abdigapparovich

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi assistenti
Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

08.00.08. "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit"

Shaxsiy ma’lumotlar

Ishturdiyev Hasan Abdigapparovich  1995- yil  10-sentabr kuni Samarqand viloyat Pastdarg’om tumanida tavallud topgan. 2021-yil Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Qishloq xo’jaligida menejment” yo’lanishi bo’yicha bakalavrligini, 2023-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali “ Buxgalteriya hisobi( tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2023-yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” hozirgi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ish davomida 15  dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 6 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda  maqolalar, 1 ta  darslik, 1-ta uslibiy ko’rsatma chop qilingan. 2024-yildan 08.00.08. "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit"ixtisosligi bo‘yicha “asalarichilik xo‘jaliklarida biznes jarayonlari hisobi va uni takomillashtirish” mavzusida mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Lavozim vazifalari

Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

(Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

(Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

(Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

(Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

(Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

(Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

 (Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

(Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

(Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

(Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.

Mehnat faoliyati

  • 2017-2021 yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi institut talabasi
  • 2021-2023 yy. – Toshkent davlat qitisodiyot universiteti Samarqand filiali talabasi

2023 yildan h.v. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi o’qituvchisi

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita