WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Raximova Umida Rabbimovna

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi assistenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

08.00.08. "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit"

Shaxsiy ma’lumotlar

Raximova Umida Rabbimovna 1989-yil 30-noyabr Surxandaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan.2012-yil Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti “Bank ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrligini, 2014-yil Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti “Bank ishi” yo‘nalishi bo‘yicha ( tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2017-yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” hozirgi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ish davomida 15  dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 6 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda  maqolalar, 3 tadan ortiq xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar, 1-ta uslubiy qo’llanma chop qilingan. 2023yildan 08.00.08. "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit"ixtisosligi bo‘yicha “Agraklestlarda tova-moddiy qiymatliklari hisobi va auditni takomillashtirish” mavzusida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Lavozim vazifalari

Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

(Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

(Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

(Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

(Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

(Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

(Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

 (Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

(Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

(Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

(Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.

Mehnat faoliyati

2007-2011 y.-  Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti talabasi.

2012-2014 y.-  Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti magistratura talabasi.

2012-2016 y.-  Samarqand yengil sanoat kollejida uslubchi.

2016-2017 y.-  Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti ARM hodimi.

2017-2018y.- Samarqand qishloq xoʻjalik instituti” Buxgalteriya hisobi va audit”kafedrasi assistenti

2018-2022y.- Samarqand veterinariya medisinasi institutining «Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik  va buxgalteriya xisobi »  kafedrasi assistenti.

2022 y.-x.v.-Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiya                              universiteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti