Shaxsiy ma’lumotlar
Narziyeva Guzal Baxtiyorovna 1983- yil 07- aprel Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2004-yil Samarqand qishloq xoʼjalik instituti “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrligini, 2022-yil Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti “Davlat moliyasi va xalqaro moliya” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2022-yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” hozirgi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ish davomida 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 6 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda maqolalar, 3 tadan ortiq xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar, 1-ta uslubiy qo’llanma chop qilingan.
Lavozim vazifalari
Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
(Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
(Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
(Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
(Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
(Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
(Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
(Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
(Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
(Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
(Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.
Mehnat faoliyati
2002-2004 yy. – Samarqand shahar "Narziya" savdo ishlab chiqarish vositachilik kontserni ijro intizomi va nazorat boʼlimi mutaxassisi
2002-2004 yy. – Samarqand shahar "Narziya" savdo ishlab chiqarish vositachilik kontserni buxgalter-kassiri
2009-2009 yy. – Qarshi Davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi axborot resurs markazi xodimi
2009-2011 yy. – Qarshi Davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi oʼrindoshlik asosida iqtisodiyot fani oʼqituvchisi, toʼgarak rahbari
2012-2014 yy. – Qarshi Davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyi oʼrindosh asosida informatika fani oʼqituvchisi
2014-2015 yy. – Qarshi Davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyi xodimlar boʼlimi nazoratchisi
2015-2017 yy. – Qarshi Davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyi tarbiyachisi
2017-2018 yy. – Qashqadaryo viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi maʼnaviy axloqiy tarbiya, reabilitatsiya va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish shoʼʼba metodisti
2019-2019 yy. – Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Oʼzbektelekom Interneshnl” Oʼzbek-Indoneziya qoʼshma korxonasi “OʼzI Samarqand” filiali iqtisodiyot va prognozlash boʼlimi iqtisodchisi
2019-2020 yy. – “Oʼzbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali Samarqand shahar telekommunikatsiya bogʼlamasi iqtisodiyot va prognozlash guruhi iqtisodchisi
2020-2022 yy. – “Oʼzbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali Byudjetni rejalashtirish boʼlimi iqtisodchisi
2022 y.-x.v.-Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti