Tadqiqot sohalari
- Biologiya
- Odam va hayvonlar fiziologiyasi
Shaxsiy ma’lumotlar
Esbburiyeva Noila Rashidovna 2004-yilda Samarqand Davlat Universitetini Biologiya fakultetini tamomlagan. 2004-yilda magistraturaga o‘qishga kirib, 2006-yilda “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” magistri darajasi berildi. 2007-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti akademik litseyi tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi. 2023 yildan “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiyasi” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Lavozim vazifalari
- Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
- Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
- Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
- Darslik, o‘quv, uslubiy va kurgazmali qullanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan sayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qullanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
- Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Iste’dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;
- Auditoriyalarni optimizatsiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
- Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muxokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
- Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
- O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.
- Bilishi kerak:
- Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlik qarorlari, buyruqlari, OTMni rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
- Malaka talablari:
- Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik
- qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bulish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy xarakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bulishi zarur. Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Mehnat faoliyati
2000-2004 yy.- Samarqand davlat universiteti talabasi
2004-2006 yy.- Samarqand davlat universiteti magistri
2006-2007 yy.- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi litsey-internatga kimyo o‘qituvchisi
2007-2013yy.- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi 1-son akademik litsey biologiya fani o‘qituvchisi
2013 y. - 2023 - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti akademik litseyi tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
2023 y. - h.v. - Samarqand veterinariya meditsinasi Chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq –ovqat xavfsizligi fakulteti “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti