Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Ravshanov Sanjar Tolibjonovich 1986 yil 16-yanvar kuni Samarqand viloyat Oqdaryo tumanida tavalud topgan. 1993 yildan 2002 yilgacha Samarqand viloyati Oqdaryo tumaniga qarashli 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan, 2002 yildan 2004 yilgacha Samarqand iqstisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. 2004-yil Samarqand Davlat Unversitetining Informatika va AT fakultetiga o‘qishga kirgan va 2008 yil Toshkent axborot texnologiyalar unversiteti Samarqand filialini bakalavrligini, 2023-yilda Samarqand Davlat Unversitetining Kompyuter ilmlari yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2008 yildan 2017 yilgacha Payariq tuman xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kollejida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qtuvchisi, 2017-yildan 2020 yilgacha Payariq tuman xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kollejida O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2020-yildan 2023 yilgacha Payariq tuman 3-son kasb-hunar maktabida Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Lavozim vazifalari
• Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
• Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
• Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
• Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha
tadbirlar o‘tkazish;
• Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
• Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
• Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
• Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Iste’dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;
• Auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
• Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
• Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
• Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
• Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish,
umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
• O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.
Bilishi kerak:
Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMSI rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
Malaka talablari:
• Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.
Mehnat faoliyati