Awesome Image

RAHIMOV SANJAR ABDULAHODOVICH

Kafedra dotsenti, v.b.

  • Batafsil ma'lumotlar

S.A.Rahimov kafedra, fakultet va universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etib, universitet rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 
S.A.Rahimov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirgan hamda Yildiz universiteti (Turkiya)da stajirovka o'tagan. 
S.A.Rahimov keyingi 3 yilda 40 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar,  jumladan, 1 ta darslik, 4 ta uslubiy ko'rsatmalar, Scopus bazasidagi jurnallarda maqola, 10 dan ortiq xalqaro ilmiy bazalarda indeksatsiyalangan maqolalar chop qilingan, bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
S.A.Rahimov 2021-yilda TDIU huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Innovatsion iqtisodiyotda banklarning depozit siyosati samaradorligini oshirish yo'llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 
S.A.Rahimov universitetdagi mavjud yuklamalarga asosan talabalarga Stataistika, iqtisodiy tahlil, iqtisodiyotda ma’lumotlar tahlili, qimmatli qog'ozlar va moliya bozori, pul va banklar, moliya asoslari fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda olib boradi.
S.A.Rahimovning ilmiy rahbarligi ostida uning shogirdlari 2022-2025-yillarda nomdor stipendiyalar, jumladan Islom Karimov davlat stipendiyasi hamda Prezident nomdor stipendiyalariga sazovor bo'lgan. Universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.