Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Kafedra o'qituvchisi

Salamov Ibroxim

O'qituvchi profili

Salamov Ibroxim

Salamov Ibroxim

Salamov Ibroxim

Kafedra dotsenti,iqtisod fanlari nomzodi
Batafsil ma'lumotlar

Batafsil ma’lumotlar

    I.Salamov universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jamoatchilik asosida SamDVMChBU hamda Iqtisodiyot fakulteti Faxriylar-Nuroniylar Kengashi raisi, universitet uslubiy Kengashi a’zosi, fakultet uslubiy Kengashi raisi vazifalarini bajarib kelmoqda. 2024 yilda I.Salamov va Sh.Nurmonovlarning Ilmiy rahbarligida Iqtisodiyot fakultetining 3 -bosqich talabasi Hotamov Adhamjon Asqarjon o‘g‘li birinchi prezidentimiz Islom Karimov nomidagi  davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.I.Salamovning 240 ga yaqini ilmiy ishlari bo‘lib,shundan bitta hammuallifda 2023 yilda Menejment va marketing fanidan darsligi, 1 ta elektron darsligi, 3 ta o‘quv qo‘llanmasi, 1 ta professor (marhum) Xusanov M.X. ikkalasi rahbarligida prezident stependiyasi muallifi aspiranti Xamedov A.X. ilmiy ishini muvafaqiyatli yoqlab, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi, 4 ta magistrga rahbarlik qildi. Namunali xizmatlari uchun universitet rektorining , qo‘mita raisining faxriy yorliqlariga sazavor bo‘lgan.

    I.Salamov o‘z faoliyatida Navoiy viloyati,  Xatirchi  tumani, “Oltinsoy”  davlat  xo‘jaligi  ishchisi; Samarqand “Meva-sabzavotchilik” texnikumi  talabasi;  harbiy  xizmatda (Sobiq  Ittifoqning  Chelyabinsk  viloyatida, ichki  ishlar   qumondonligi  safida);  Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi,   shu institut komsomol qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari,kotibi;  kafedra assistenti,dotsenti; Samarqand viloyati “Agromashservis” AJ birlashmasida ”Iqtisod, mehnatga  haq to‘lash va xususiylashtirish” bo‘limi boshlig‘i–bosh iqtisodchi;  “Istiqbolni  belgilash, hisobot va moliya” boshqarmasi boshlig‘i – Birlashma    raisining iqtisodiy – moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat Qo‘mitasi Samarqand viloyati xududiy boshqarmasining hisobga olish va   statistika bo‘limi boshlig‘i;O‘bekiston Respublikasi Boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash  jamg‘armasi, Samarqand viloyat bo‘limi direktori; Samarqand qishloq xo‘jalik institutining “Iqtisod va boshqaruv” fakultetini “Agrobiznesni tashkil etish va rejalashtirish” kafedrasi dotsenti, fakultet dekanining ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo‘yicha muovini,o‘quv ishlari bo‘yicha muovini; Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Iqtisod va boshqaruv” fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi; Hozirda Samarqand veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiya univarsitetining Iqtisodiyot fakulteti, “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n.bo‘lib ishlab kelmoqda.                                                                                                       

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita