WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Shapulatova Zumrat Jaxongirovna

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi dotsenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya
  • Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi va immunologiyasi

Shaxsiy ma’lumotlar

Zumrat Shapulatova 1984-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1989-yilda “16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, 2022 yil Belarusiyaning Vitebsk shahrida “Hurmat Belgisi” ordenli Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasida tajriba oshirgan.

Lavozim vazifalari

Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

Pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish.

            Bilishi kerak:

            Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,

            Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMning rektori buyruqlarining   mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilish.

            Malaka talablari:

Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga,   ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, universitet strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

1979-1984 yy. – Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti talabasi

1984-1985 yy. - O‘zbekiston veterinariya ilmiy tekshirish institutikatta laboranti

1985-1988 yy. - O‘zbekiston veterinariya ilmiy tekshirish instituti aspiranti

1988-1989 yy. - O‘zbekiston veterinariya ilmiy tekshirish instituti katta laboranti

1989-1991 yy. - O‘zbekiston veterinariya ilmiy tekshirish institutikichik ilmiy xodimi

1991-1991 yy. - Samarqand viloyati veterinariya laboratoriyasida vrach bakteriolog

1991-2006 yy. - Samarqand viloyat veterinariyalaboratoriyasida bakteriologiya bo‘lim mudiri

2006-2013 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlar kasalliklari vaparazitologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

2013-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlar kasalliklari vaparazitologiya kafedrasi dotsenti

2015-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari kafedrasi dotsenti

2018-2019 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi dotsenti

2019-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi mudiri v.v.b.

2022 y. -ҳ.в.- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Mikrobiologiya,virusologiya va immunologiya kafedrasi dotsenti