WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Farmanov Nizam

Veterinariya farmatsevtikasi kafedrasi mudiri

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya
  • Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi

Shaxsiy ma’lumotlar

Farmanov Nizam 1978-yilda Samarqand qishloq xo’jaligi institutini tamomlagan. 1982-1985 yillarda Moskva shahridagi Veterinariya Akademiyasida aspiranturani o‘tab, veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan

Lavozim vazifalari

  • Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo’lgan farmoyishlari va ko’rsatmalarini o’z vaqtida hamda sifatli bajarish;
  • Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo’lish va undan oqilona foydalanish;
  • Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa  shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo’lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish; Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va xal etilishida ishtirok etish;
  • Kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari xamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa  xujjatlarni tasdiqlash;
  • Kafedra pedagog xodimlariga o’quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
  • Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo’llash to’g’risida OTMni rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
  • Belgilangan tartib va muddatlarda o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha kafedra hisobotini tayyorlash, kengash majlislarida hisobot berish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;
  • Kafedra o’qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko’rib chiqish, tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish, umumlashtirish, ilg’or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
  • Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh o’qituvchilarga pedagogik malaka va ko’nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy o’quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o’qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, o’qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jixozlangan maxsus o’quv auditoriyalarda tashkil qilish bo’yicha takliflar kiritish, masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo’yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim xujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, budjetdan tashkari mablag’larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko’rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa  xo’jaliklar bilan aloqa o’rnatish;
  • OTMni (oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajor-tadqiqotchi- izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
  • Kafedra ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar o’tkazish, ta’lim xizmati ko’rsatish tizimini rivojlantirish;
  • Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo’nalishlar va ixtisosliklar, kasb-xunar turlari bo’yicha tugaraklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo’sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • Kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to’liq va sifatli o’tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga xomiylarni keng jalb etish;
  • Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

 Mehnat faoliyiyati

1967-1970 yy. - Samarqand zooveterinariya texnikumi talabasi

1970-1971 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tayyorlov kurs talabasi

1971-1973 yy. - Harbiy xizmatni o‘tagan

1973-1978 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

1978-1979 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti qoshidagi  veterinariya klinikasi mudiri

1979-1982 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ichki yuqumsiz kasalliklari  kafedrasi assistenti

1982-1985 yy. - Moskva Veterinariya akademiyasi aspiranti

1986-1987 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti xirurgiya va farmakologiya kafedrasi assistenti

1987-1991 yy. -Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti dekani o‘rinbosari

1991-1995 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘quv bo‘limi boshlig‘i

1995-1996 yy. -Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rektor muovini

1996-1998 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rektorning birinchi muovini

1998-2005 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti dekani

2005-2006 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti magistratura va aspirantura bo‘limi  boshlig‘i

2006-2008 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

2008-2014 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi

2015-2018 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti  monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i

2018-2021 yy.-Samarqand veterinariya meditsinasi instituti monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i

2021-2022 yy.-Samarqand veterinariya meditsinasi instituti veterinariya farmatsevtikasi kafedrasi mudiri

2022-y. - h.v.- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalaruniversiteti, veterinariya farmatsevtikasi kafedrasi mudiri