WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Xodjayeva Nasiba Jo‘raqulovna

Kafedra mudiri

  • Batafsil ma'lumotlar

Taqdqiqot sohalari

  • Biologiya
  • Biotexnologiya, O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi

Shaxsiy ma’lumotlar

Mehnat staji 41 yil. Mazkur vazifada 1987 yildan buyon ishlamoqda.

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

     U 1996 yilda “Mahalliy va introduksiya qilinga bug‘doy navlarining suv rejimi va qurg‘chilikka chidamliligi ” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

N.Xodjayeva bugungi kungacha 250 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir. Jumladan, 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy, 2 ta monografiya, 7 ta metodik tavsiyalar chop ettirgan hamda bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

N.Xodjayeva tomonidan bir qator mahalliy amaliy loyihalarda qattiq bug‘doy yetishtirish agrotexnologiyasi o‘rganilib, olingan natijalar asosida hammualliflikda “Istiqlol-25” navi chiqarilgan va reestrga kiritilgan.

N.Xodjayevaning ilmiy rahbarligida 3ta mustaqil tadqiqorchilar  (PhD) ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishmoqda, 9 ta Magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan

N.Xodjayeva 2019 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zosi sifatida dissertatsiyalar muhokamasida faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, 5 ta doktorlik (PhD) dissertatsiyalariga rasmiy opponentlik qilgan.

N.Xodjayevaning rahbarligida talabalarga ta’sis etilgan nomdor stipendiyalar ko’rik tanlovlarda ishtiroq qilgan talabalarш orasida 1 nafar “Prezident”, 5 nafar “Beruniy” nomli nomdor stipendiya g‘oliblari mavjud.

MEHNAT FAOLIYATI

1980-1984 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

1984-1987 yy. - Xo‘jalik shartnomasi asosida katta laborant

1987-1991 yy. - Sirdaryo davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

1991-1993 yy. - Sirdaryo davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi

1993-1996 yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti

1996-2000 yy. - Guliston davlat universiteti botanika va ekologiya  kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsenti

2000-2002 yy. - Guliston davlat universiteti botanika va ekologiya kafedrasi mudiri

2002-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti

2004-2017 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, mudiri vazifasini bajaruvchi

2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ekologiya, botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti

2018-2019 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti biotexnologiya kafedrasi dotsenti

2019-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti biotexnologiya kafedrasi mudiri

2022 y. -  h.v.  - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti biotexnologiya kafedrasi mudiri, dotsent