Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Ro‘ziqulov Nuriddin Bolliyevich, 1979 yil 1 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan.
1996 yilda o‘rta maktabni tugatib, shu yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirgan. 2000 yilda bakalavr, 2002 yilda esa magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2002-2005 yillarda aspiranturada tahsil olgan.
2005-2008 yillarda «Iqtidorli talabalar» bo‘limi boshlig‘i, 2008-2009 yillarda «O‘quv-metodika» bo‘limi boshlig‘ining muovini, 2011-2018 yillarda «Magistratura» bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2006-2014 yillarda kafedra assistenti, 2014 yildan kafedra dotsenti, 2019-2020 yillarda «Xalqaro hamkorlik» bo‘limi boshlig‘i, 2020-2024 yillarda «Ichki yuqumsiz kasalliklar» kafedrasi mudiri, 2024-2025 yillarda SamDVMChBU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi direktori lavozimida ishlagan. 2025 yildan boshlab Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qаyta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
N.B.Ro‘ziqulov 2010 yilda professor B.Bakirov ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 4 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta uslubiy qo‘llanma, 200 dan ortiq (shu jumladan, 30 ta xorijiy jurnallarda) ilmiy maqolalar chop etgan. 2 ta Monografiya, 1 ta Ko‘rsatmalar, 3 ta Tavsiyanoma va 4 ta ixtiro muallifi. 1 nafar PhD, 10 nafar magistrant, 3 nafar Beruniy va 1 nafar Islom Karimov nomli Davlat stipeniyasi sovrindorlari hamda 1 nafar fan olimpiadasi solibiga ilmiy rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda 2 nafar mustaqil tadqiqotchi (PhD)ga va 1 nafar magistrantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
N.B.Ro‘ziqulov bir qator nufuzli universitetlarda: Nitra qishloq xo‘jalik universiteti, 2015; Porto universiteti, 2019; Tartu amaliy bilimlar universiteti, 2019; Piza universiteti, 2019; Padova universiteti, 2019; Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti, 2020, 2022; O‘sh davlat universiteti, 2021, 2022, 2023, 2024; Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitet, 2022; Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti, 2022, 2023, 2024; M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, 2023; Qirg‘iz milliy agrar universiteti, 2023, 2024; Qirg‘iz-Turk “Manas” universiteti, 2023, 2024)da kasbiy malaka va tajribasini oshirgan hamda ma’ruzalar o‘qigan.
N.B.Ro‘ziqulov 2014 yildan boshlab DSc.30.08.2018.V.12.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi, 2015 yildan fakultet Kengashi a’zosi, 2020 yildan universitet Kengashi a’zosi, 2024 yildan O‘sh davlat universiteti dotsenti (tashqi o‘rindosh), 2025 yildan malaka oshirish institut Ilmiy-metodik kengashi raisi o‘rinbosari sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.