WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

JAVMANOV JAMSHED ABDUSAMATOVICH

Iqtisodiyot va menejment kafedrasi asisstenti

  • Batafsil ma'lumotlar

TADQIQOT SOHALARI

  • Iqtisodiyot
  • Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti
  • Raqamli iqtisodiyot
  • Menejment

SHAXSIY MA’LUMOTLAR

    Javmanov Jamshed Abdusamatovich 1996-yil 13-sentabr kuni Samarqand shahrida tavallud topgan. 2012-yilda Samarqand shahridagi 24-umumta’lim maktabini, 2015-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litseyni “Xorijiy tillar” yo‘nalishi bo‘yicha, 2019-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi institutini “Qishloq xo‘jaligida menejment” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni, 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialini “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktorining 2024-yil 4-martdagi 77-K buyrug‘i bilan 08.00.15-Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Aholini o'zini-o'zi band qilishga jalb qilish orqali ishsizlik darajasini pasaytirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida mustaqil izllanuvchi (PhD) sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2020-yil 12-avgustdan 2023-yil 30-avgustiga qadar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limida faoliyat olib borgan. 2023-yil 4-sentabrdan hozirgi vaqtga qadar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi”, universitet tuzilmasi o‘zgarganidan keyin “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Mehnat faloiyati davomida 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 7ta OAK e’tirof etgan, 8ta mahalliy va 16ta xorijiy impakt faktorli jurnallarda maqolalar chop etgan. Mehnat faoliyati davomida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti rektori, Olma-ota taxnologiyalar universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari tomonidan universitetda xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, talabalar, magistrlar, doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilarni xorijiy stajirovkalar va malaka oshirishga yuborishda ko‘rsatgan xizmatlari, hamkor universitet talabalari uchun ofline darslar o‘tish, xalqaro olimpiadalarda talabalarni ishtiroki, qo‘mita tasarrufidagi tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida ishtiroki, vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlarda ishtiroki uchun turli tashakkurnoma, faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlangan.

MEHNAT FAOLIYATI

2015-2019 yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabasi

2020-2022.yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Xalqaro hamkorlik boʻlimi uslubchisi

2021-2023.yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali magistranti

2022-2023.yy. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik boʻlimi uslubchisi

2023-2024.yy. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi assistenti

2024y – h.v     – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti

2024y – h.v    – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali mustaqil izlanuvchisi