TADQIQOT SOHALARI
SHAXSIY MA’LUMOTLAR
Uralov Baxtiyor Maxmudovich 1995-yil 20-oktabr kuni Samarqand viloyati siyob tumanida tavallud topgan. 2014-yilda Samarqand bank kollejini “Bank ishi” yo‘nalishini tamomlab, 2020-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi institutini “Qishloq xo‘jaligida menejment” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni, 2022-yilda Samarqand davlat universitetini “Raqamli iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
Mehnat faoliyatini institutda 2020-yil 3-yanvardan 2023-yil 30-avgustiga qadar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xodimlar bo‘limi xodimlar bo‘yicha 1-toifali muhandisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2022-yil 4-sentabrdan hozirgi vaqtga qadar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi”, universitet tuzilmasi o‘zgarganidan keyin “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida 25 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 7 ta OAK e’tirof etgan jurnal, 11 ta mahalliy va 7 ta xorijiy ilmiy-amaliy konfrinsiyalar hamda impakt faktorli jurnallarda maqolalar chop ettirgan.
B.M.Uralov universitetdagi mavjud yuklamalarga, asosan talabalarga bir nechta fanlardan amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda olib boradi. Shuningdek fakultetning talaba yoshlari bilan ustoz shogirt tizimida talabalar bilan birgalikda ilmiy maqolalar chiqargan. Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy salohiyat to‘garaklari samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro ilmiy loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.