WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

NAVRUZBEK AZIMJONOVICH RAJABOV

Kafedra mudiri

  • Batafsil ma'lumotlar

TADQIQOT SOHALARI

  • Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, Raqamli iqtisodiyot.

SHAXSIY MA’LUMOTLAR

    Navruzbek Azimjonovich Rajabov 1986-yilning 7-aprelida Narpay tumanida tavallud topgan. Navruzbek Azimjonovich Rajabov ilk iqtisodiy bilimini 2002-2005 yillarda Kattaqo‘rg‘on iqtisodiyot kollejining buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishini “Imtiyozli” diplom bilan tugatib, 2005-2014 yillarda Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kollejining 1-toifali buxgalteri sifatida ishlagan. 2014-yilda esa Samarqand qishloq xo‘jalik instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining qishloq xo‘jaligida menejment ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirib 2018-yilda tugatgan. Shuningdek, 2020-2022-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” bo‘yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.

Navruzbek Azimjonovich Rajabov 2015-2018 yillarda sobiq Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, 2018-2019 yillarda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti ya’ni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining buxgalteriyasida 1-toifali buxgalteri sifatida, 2019-2025 yillarda mazkur oliygohning xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida hamda 2025-yilning 1-fevralidan buyon “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

  Ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida 15 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 5 ta OAK e’tirof etgan jurnal, 10 ta mahalliy va xorijiy ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda impakt faktorli jurnallarda maqolalar chop ettirgan.

N.A.Rajabov universitetdagi mavjud yuklamalarga, asosan talabalarga bir nechta fanlardan dars mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda olib boradi.

N.A.Rajabov 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyat filiali rahbarining “TASHAKURNOMA”si bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan “FAXRIY YORLIQ” hamda qator yillar mobaynida universitet rektorining bir nechta “FAXRIY YORLIQ”lari bilan taqdirlangan.

Rajabov Navruzbek Azimjonovichning mehnatlari e’tirof etilib, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Shuningdek N.A.Rajabov Yangi O‘zbekiston yoshlarini vatanga muhabbat va sadoqat yo‘lida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishihlari uchun talaba yoshlar bilan ustoz shogird tizimida ham talabalar bilan birgalikda bir qancha ilmiy maqolalar chiqargan. Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar bilan birgalikda fakultet va kafedraning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy to‘garaklari samaradorligini oshirish, universitetda Respublika va xalqaro ilmiy innovatsion loyihalar ko‘lamini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.