Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Kafedra o'qituvchisi

ABDUSALOMOVA MOHCHEHRA ERGASHEVNA

O'qituvchi profili

ABDUSALOMOVA MOHCHEHRA ERGASHEVNA

ABDUSALOMOVA MOHCHEHRA ERGASHEVNA

ABDUSALOMOVA MOHCHEHRA ERGASHEVNA

O'ZBEK, RUS TILLARI ADABIYOTI VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASI ASSISTENTI
Batafsil ma'lumotlar

    Abdusalomova Mohchehra Ergashevna, 1978-yil 9-aprelda Samarqand shahrida tug‘ilganman.

   1995-yilda 42-sonli o‘rta maktabni tamomladim. 1996-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining rus filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdim. 2000-yilda ushbu oliygohni tamomlab, "Filolog, rus tili o‘qituvchisi" mutaxassisligini oldim.

    Shu yili magistraturaga o‘qishga kirdim va 2002-yilda "F.M. Dostoyevskiyning „Jinoyat va jazo“ romani qahramonlarining xarakter xususiyatlari" mavzusida dissertatsiya yoqlab, magistrlik darajasini oldim.

2002-yildan boshlab pedagogik faoliyatimni boshladim. Samarqand shahridagi tibbiyot kollejida rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi sifatida ishladim.

2012-yildan hozirgi kungacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining "O‘zbek, rus tillari va adabiyoti" kafedrasida rus tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib boryapman.

Ilmiy faoliyatim davomida 22 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirdim. Ushbu maqolalar Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) tomonidan tan olingan jurnallarda, shuningdek, impakt-faktorli xorijiy jurnallarda va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida chop etilgan. Shuningdek, bir nechta metodik qo‘llanmalar muallifiman.

Pedagogik faoliyatim davomida zamonaviy o‘qitish metodlari va innovatsion texnologiyalardan foydalanib, ta’lim sifatini oshirishga intilaman.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita