WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

UMAROVA DILFUZA MAMATKULOVNA

O'ZBEK, RUS TILLARI VA ADABIYOTI KAFEDRASI ASISSTENTI

  • Batafsil ma'lumotlar

TADQIQOT SOHALARI

  • Filologiya

SHAXSIY MA’LUMOTLAR

     Umarova Dilfuza Mamatkulovna 2011 yilda Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakultetini bitirib, 2011-2013 yillar Samarqand davlat universitetining magistratura bo`limida tahsil olgan. 2009 yildan 2017 yilgacha  Samarqand tumani 12 umumta‘lim maktabda rus tili o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2017 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti O‘zbek tili va chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi bo’lib ishlagan. 03.09.2018y. - Samarqand veterinariya meditsinasi  instituti O‘zbek tili, adabiyoti va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 06.09.2021 y. - Samarqand veterinariya meditsinasi  instituti O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 11.04.2022 y.h.v. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 6 ta OAK e’tirof etgan jurnal, 20 ta mahalliy va xorijiy ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda impakt faktorli jurnallarda va 1 ta SCOPUS jurnalida maqolalar chop ettirgan.

Umarova D.М. talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun Rus tili faniga oid ochiq darslar va turli xil tadbirlar o’tkazish bilan bir qatorda talabalarni bilim salohiyatini oshirish maqsadida “Ruscha gaplashamiz! Говорим по-русски!” rus tili to`garagini yuritib boradi va ko’plab talabalarga kundalik davomida darsdan tashqari rus tilini o’rganishlari uchun o’z hissasini qo’shib kelayapdi.  

Shuningdek, Umarova D.M. Yangi O‘zbekiston yoshlarini vatanga muhabbati va sadoqati yo‘lida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun talaba yoshlar bilan ustoz shogird tizimida ham talabalar bilan birgalikda bir qancha ilmiy maqolalar chiqargan. Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar bilan birgalikda fakultet va kafedraning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy to‘garaklari samaradorligini oshirish, universitetda Respublika va xalqaro ilmiy innovatsion loyihalar ko‘lamini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.