Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Kafedra o'qituvchisi

Qarshiboyeva Zuxra Abduvaxabovna

O'qituvchi profili

Qarshiboyeva Zuxra Abduvaxabovna

Qarshiboyeva Zuxra Abduvaxabovna

Qarshiboyeva Zuxra Abduvaxabovna

O'ZBEK, RUS TILLARI ADABIYOTI VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASI ASSISTENTI
Batafsil ma'lumotlar

 TADQIQOT SOHALARI

  • O ‘zbek filologiyasi, pedagogika

SHAXSIY MA’LUMOTLAR

    Qarshiboyeva Zuxra Abduvaxabovna 1974-yil 20-noyabrda  Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. U 1992-97-yillarda Samarqand davlat universitetining O‘zbek filologiyasi  fakultetida tahsil olgan. Bugungi kunga qadar Samarqand shahar 24-umumiy o‘rta  ta’lim maktabida, Sartepo turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida, Samarqand shahar 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi,   2021- yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasida o‘zbek tili fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2023-yilda mazkur universitetning mustaqil izlanuvchilik shakliga o‘qishga kirib, ilmiy faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida 30 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta uslubiy, 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan.

Ilm-fan taraqqiyotiga oid Xalqaro tanlovlarda, jumladan, Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida boʻlib oʻtgan «ЛУЧШАЯ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКАЯ СТАТЬЯ 2024”xalqaro tanlovida “UZBEK LINGUSTICS AND CURRENT PROBLEMS IN THIS FIELD” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, 2-darajali diplomni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Z.Qarshiboyeva  ilmiy rahbarligida Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida boʻlib oʻtgan «ЛУЧШАЯ СТУДЕНЧЕСКАЯ РАБОТА 2024» XI XALQARO ILMIY-TADQIQOT KOʻRIK-TANLOVIDA Zooinjeneriya fakulteti talabasi Xikmatova Marjona ishtirok etdi hamda faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ilmiy rahbar hamda gʻolib talaba tanlov tashkilotchilari tomonidan minnatdorchilik xati va diplom bilan taqdirlandilar.

Z.Qarshiboyeva  ilmiy rahbarligida Veterinariya profilaktikasi fakulteti talabasi  Raxmonov Jasurbek xalqaro onlayn olimpiadada qatnashib faxrli 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Z.A.Qarshiboyeva universitet rektorining bir nechta “FAXRIY YORLIQ”lari bilan taqdirlangan.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita