WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Bazarov Adham Xayrullayevich

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya
  • Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi

Shaxsiy ma’lumotlar

Adham Bazarov 2008-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2018-yilda 16.00.03 – “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, oxirgi 5 yilda AQSH, Serbiya va  Turkiya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida bilim va tajribalarini oshirgan.

Lavozim vazifalari

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish;
  • Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlari asosida  universitet xalqaro aloqalar jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
  • Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlarning toʻliq bilishini taʼminlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini va topshiriqlarini, Hayʼati qarorlarini, xalqaro aloqalar jarayonlariga oid masalalar boʻyicha universitetning kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilgʻor xorijiy mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
  • Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektorning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Xorijiy mamlakatlar ta’lim vazirliklari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalar vakillari, chet el oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan uchrashuvlarni tashkil qilish;
  • Oliy taʼlim muassasalari bilan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun xalqaro loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish;
  • Xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va anjumanlarni tashkil etish, xalqaro ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilgʻor uslubiy tajribalarni umumlashtirish va natijalarini tatbiq etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan mahalliy va xorijiy xodimlar hamda taʼlim oluvchilarga nisbatan intizomiy chora koʻrish, xodimlar bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • Taʼlim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni taʼminlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • Universitetda magistratura, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishni taʼminlash hamda universitet xorijiy xodimlarining oʻz vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga koʻmaklashish;
  • Xorijiy iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish;
  • Xalqaro boʻlim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni oʻtkazish monitoringni olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish, taqdim etish;
  • Universitetda xorijiy aloqalar faoliyatini rivojlantirish uchun zarur moddiy-texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Mehnat faoliyati

  • 2004-2008 yy. – Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti talabasi (bakalavr)
  • 2009-2011 yy. - Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti magistranti
  • 2012-2018 yy. – Veterinariya dorixonasida ish yurituvchi
  • 2018-“Veterinariya mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti