Tadqiqot sohalari
- Veterinariya
- Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi va immunologiyasi
Shaxsiy ma’lumotlar
Xayrulla Bazarov 1971-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1979-yilda 16.00.03 – “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi, dotsent ilmiy darajasini olgan.
Lavozim vazifalari
- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish;
- Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlari asosida universitet xalqaro aloqalar jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
- Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlarning toʻliq bilishini taʼminlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini va topshiriqlarini, Hayʼati qarorlarini, xalqaro aloqalar jarayonlariga oid masalalar boʻyicha universitetning kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- Ilgʻor xorijiy mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
- Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektorning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- Xorijiy mamlakatlar ta’lim vazirliklari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalar vakillari, chet el oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan uchrashuvlarni tashkil qilish;
- Oliy taʼlim muassasalari bilan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun xalqaro loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish;
- Xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va anjumanlarni tashkil etish, xalqaro ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilgʻor uslubiy tajribalarni umumlashtirish va natijalarini tatbiq etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Ijro intizomini buzgan mahalliy va xorijiy xodimlar hamda taʼlim oluvchilarga nisbatan intizomiy chora koʻrish, xodimlar bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- Taʼlim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni taʼminlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- Universitetda magistratura, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishni taʼminlash hamda universitet xorijiy xodimlarining oʻz vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga koʻmaklashish;
- Xorijiy iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish;
- Xalqaro boʻlim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni oʻtkazish monitoringni olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish, taqdim etish;
- Universitetda xorijiy aloqalar faoliyatini rivojlantirish uchun zarur moddiy-texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Mehnat faoliyati
- 1965 - 1966 yy. - Jizzax viloyati Forish tumani Forish xo‘jaligi hisobchisi
- 1966 - 1971 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi
- 1972 - 1975 yy. - O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti
- 1975 - 1988 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti mikrobiologiya, virusologiya va vetsanekspertiza kafedrasi assistenti
- 1988 - 2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti mikrobiologiya, virusologiya va yuqumli kasalliklar epizootologiyasi kafedrasi dotsenti
- 2004 - 2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti xayvonlar kasalliklari va parazitologiya kafedrasi dotsenti
- 2015 y. – 2016 y. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti xayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari kafedrasi mudiri.
- 2016 - x.v.-Samarkand veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi dotsenti.