Tadqiqot sohalari
-Veterinariya
-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi
Shaxsiy ma’lumotlar
Eshquvvatov Ravshan Narzullayevich 2015-yilda Samarqand qishloq xo’jalik institutini bakalavrni, 20219 yilda Samarqand veterinariya instituti magistraturani tamomlagan
2021-yildan 16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 20 ga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirgan.
Lavozim vazifalari
- Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
- Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
- Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
- Darslik, o‘quv, uslubiy va kurgazmali qullanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan sayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qullanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
- Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Iste’dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;
- Auditoriyalarni optimizatsiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
- Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muxokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
- Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
- O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.
- Bilishi kerak:
- Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlik qarorlari, buyruqlari, OTMni rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
- Malaka talablari:
- Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik
- qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bulish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy xarakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bulishi zarur. Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Mehnat faoliyati
2011 - 2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti bakalavr
2016 -2017 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari” kafedrasi kabinet mudiri
2017 y. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari” kafedrasi laboratoriya mudiri
2017- 2019 yy- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Veterinariya fakulteti magistranti
2017 y. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Ichki yuqumsiz kasalliklar va akusherlik” kafedrasi laboratoriya mudiri
2018 -2019 yy - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Sirtqi bo‘lim uslubchisi
2019 y. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi assistenti
2022 y. - h.v. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti
2024 y - h.v. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i