Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Xudayberdiyev Abdumalik Yusupovich 1977-yilda Samarqand koperativ institutini tamomlagan. 1987-yilda 05.18.04 “Go’sht sut baliq mahsulotlari texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, 2018-yildan buyon Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi dotsenti lovozimida ishlaydi.
Lavozim vazifalari
• Barcha oʻquv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan xollarda) oʻyicha oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalarda belgilangan maʼruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashgʻulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish;
• Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
• Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
• Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
• Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak maʼnaviy va ahloqiy alablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
• Kafedra fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralartomonidantayyorlangan oʻquv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
• Darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy oʻquv yurti rektoratining topshirigʻiga binoan qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan xammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
• Nodavlat taʼlim muassasalarining buyurtmalari boʻyicha zaruriy oʻquv uslubiy adabiyotlarngRtayyorlashda ishtirok etish;
• Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash,
talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
• Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muxokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
• Taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini taʼminlash; talabalarning ilmiy tadqiqot shlariga rahbarlik qilish; stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilarga rahbarlik qilish.
• Tajribali oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
• Pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish;
• Masofali taʼlim tizimini rivojlantirish; xorijiy oʻquv yurtlarining ish tajribasini yoritib borish;
• Raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra aʼzolari yoki rektorat topshirigʻiga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertasiyalarni koʻrib chiqish; taʼlim xujjatlarining ekvivalentligini belgilash boʻyicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
• Byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida sanoat, qishlok xoʻjalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xoʻjaliklar bilan aloqa oʻrnatish;
• Oliy oʻquv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutini utaganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
• Kafedra profili boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
• Taʼlim xizmati koʻrsatish tizimini keng rivojlantirish;
• Xorijiy hamkorlar, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan halqaro aloqalarni rivojlantirish.
Bilishi kerak: Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, Vazirlikning Xayʼat Qarorlari, buyruqlari, OTMni rektori buyruqlarining moxiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqboli rejalari bilish.
Malaka talablari:
• Pedagogik faoliyatida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga ega;
• OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaxassisliklaridan biri boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasiga, dosent ilmiy unvoniga ega boʻlishi zarur.
• Namunaviy yaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, masʼuliyat xissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy xarakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi zarur.
Mehnat faoliyati
1980-1981 yy. - Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Oqdaryo jamoa xo‘jaligi chilangar
1981-1986 yy. - Toshkent politexnika instituti talabasi
1987-1990 yy. - O‘zbekiston kimyo instituti aspiranti
1991-1993 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik institutida xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha katta ilmiy xodim
1993-1997 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va organik kimyo kafedrasi assistenti
1997-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va organik kimyo kafedrasi dotsenti
2004-2013 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik institutining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish kafedrasi mudiri
2013-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish kafedrasi dotsenti
2015-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va ishlov berish texnologiyasi kafedrasi dotsenti
2018-2019 yy - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Chorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi dotsenti
2019-2024 - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori
2024-yil sentyabrdan Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi dotsenti.