Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o’qtuvchisi, falsafa fanlari nomzodi. Katta o’qtuvchi. Abdirazakov Abdimalik Abdiganiyevich 1985-1990 yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi, 1992-1994 yilda esa aspiranturani tamomlagan. Hozirda u falsafa fanlari doktori, professor Q.Nazarov rahbarligida 02.09.22–Ijtimoiy falsafa “Milliy qadriyatlarni, millatni o’z-o’zini anglashi” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ustida tadqiqotchilik ishlarini olib bormoqda. U 40 dan ortiq maqolalarini chop ettirgan. U 1 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta elektron darslik nashir ettirgan.
A.A.Abdirazakov universitetda magistr-talabalarga bir nechta fanlardan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda rus va o‘zbek tillarida olib boradi.
Lavozim vazifalari
- Barcha o`quv shakllari boʻyicha oily ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalarda belgiliangan ma’ruza, seminar va boshqa turdagi mashgʻulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o`tkazish;
- Talabalarning malakaviy amaliyotiga va kurs loyihalariga shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
- Darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayorlash;
- Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
- Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻtkazish.
Mehnat faoliyati
- 1981 yil. – Samarqand viloyati Jomboy tumani A.Qurbonov sovxozda ishchi
- 1982-1984 yy – Afg’oniston Respublikasida baynalminal jangchi
- 1985-1990 yy – ТоshDU Falsafa-iqtisod fakulteti talabasi
- 1990-1992 yy – ToshDU o’qituvchisi
- 1992-1994 yy – ToshDU aspiranti
- 1994-1996 yy – Toshkent Agrar universiteti assistenti
- 1996-2023 yy – SamDU katta o’qituvchisi
- 2023 yy h. v. – SamDVMChBU, Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy
madaniyat va sport kafedrasi katta o’qtuvchisi