Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Kafedra o'qituvchisi

Narziyeva Nargiza Norkuziyevna

O'qituvchi profili

Narziyeva Nargiza Norkuziyevna

Narziyeva Nargiza Norkuziyevna

Narziyeva Nargiza Norkuziyevna

Kafedrasi mudiri
Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Pedagogika

Shaxsiy ma’lumotlar

     Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Narziyeva Nargiza Norkuziyevna 1996 yilda Samarqand davlat universitetining bakalavriat, 2002 yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirda u pedagogika fanlari doktori, professor Begzod Xodjayev rahbarligida 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Yangi renessans davrida bo‘lg‘usi veterinar mutaxassislarining tadqiqotchilik kompetentsiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ustida tadqiqotchilik ishlarini olib bormoqda. U 80 dan ortiq maqolalarini chop ettirgan. U 2 ta darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta elektron darslik va oʻquv qoʻllanmalar, 1 ta monografiya hamda 7 ta uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.

N.N.Narziyeva universitetda magistr-talabalarga bir nechta fanlardan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda olib boradi.

Lavozim vazifalari

Barcha o`quv shakllari boʻyicha oliy ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalarda belgiliangan ma’ruza, seminar va boshqa turdagi mashgʻulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o`tkazish;

Talabalarning malakaviy amaliyotiga va kurs loyihalariga shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;

Darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash;

Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayorlash;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;

Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻtkazish.

Mehnat faoliyati

  • 2003-2010 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi  o‘qituvchisi
  • 2010-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Kasb ta'limi va o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 2018-2019 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 11.01. 2020 yy. h. v. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri, v.b.dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
  • 2022 yy - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri, dotsent
Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita