WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Jumanazarov Akmaljon Saydivaliyevich

Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi

  • Batafsil ma'lumotlar

Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektorining vazifalari:

     Akademik litsey va texnikum ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning meyoriy-uslubiy, o‘quv-tashkiliy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish natijasida o‘quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga, o‘rta-maxsus, professional ta’lim bilan oliy ta’lim o‘rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashish;

    Ta’lim olish sifati, mazmuni va samaradorligini ta’minlovchi elektron axborot majmuasini yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borish;

    Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilarining universitet axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv adabiyotlari, dastur, o‘quv qo‘llanma va darsliklar hamda ularning elektron versiyalaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

    Yuqori salohiyatga, moddiy texnik bazaga, namunaviy ta’lim-tarbiya jarayonini joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lgan akademik litsey va texnikumlar bilan o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilish;

    Hamkor muassasalarda fanlarni o‘zlashtirishning metodik tahlili, axborot va pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish asosida optimal taxsil olish jarayonini tashkil etish hamda uni uslubiy va moddiy ta’minotini ishlab chiqish chora-tadbirlarini ko‘rish;

    Mas’ul kafedralar bilan birgalikda tahsil jarayoni bilan bog‘liq holda universitet qoshidagi akademik litseyda ta’lim olayotgan iqtidorli o‘quvchilarning ilmiy izlanishlari mavzularini ishlab chiqish va ustoz-shogird metodi asosida izlanishlar olib borilishini tashkillashtirish;

    Yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud o‘rta maxsus, texnikum ta’limi DTSlari o‘quv rejalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

     Universitetning akademik litsey va texnikum bilan hamkorlik faoliyatiga oid ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish choralarini ko‘rish;

    Akademik litsey va texnikum professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, xususan, ularning kompyuter va internet savodxonligi, ingliz tilini bilishi va undan amaliy foydalana olish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish;

    Akademik litsey va texnikum iqtidorli o‘quvchilarini tanlash va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, o‘quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini universitet ilmiy nashrlarida chop etishga ko‘maklashish;

    Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilarini, ayniqsa, yosh iqtidorli pedagoglarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, ularning ilmiy mavzu va rahbar tanlashlarida ko‘maklashish, shuningdek, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

    Bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularni ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish;

   Akademik litsey va texnikumlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;

akademik litsey va texnikumlardagi axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, universitet Axborot texnologiyalari markazidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.

    Universitetning akademik litsey va texnikumlar bilan hamkorlik faoliyatini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan shartnomalar asosida tashkil etadi.

    Universitetning akademik litsey va texnikumlar bazasida mutaxassis kafedralar filiallarini tashkil etadi.

    Universitet kafedralarining akademik litsey va texnikumlardagi filiallari universitet kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom, shuningdek, Kengashning yillik ish rejalari asosida faoliyat ko‘rsatadi.