Shaxsiy ma‘lumotlar
Raxmatova Iroda 10.09.1980-yil Samarqand viloyati Samarqand shahrida tavallud topgan.
Raxmatova Iroda 2022-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini Geografiya fakultetini tamomlagan.
Lavozim vazifalari
• Axborot-resurs markazi direktori, direktor o'rinbosarining bergan topshiriq va farmoyishlarini bajarish;
• Yetakchi oliy ta'lim muassasalari kutubxonalarining ilg'or tajribasini o'rganish, undan foydalanish bo'yicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash, kutubxona ishlariga taalluqli bo'lgan majlislarda, uslubiy kengash yig'ilishlarida qatnashish;
• Bo'limga tegishli ishlarni bajarish;
• Yangi xodimlarga ish o'rgatish, maslahatlari bilan yordam berish;
• Bo'lim xodimlarining ijodiy tashabbusi rivojlanishiga ko'maklashish;
• O'z mutaxassisligi bo'yicha boshqa kutubxonalarda, tashkilot va muassasalarda vakil bo'lish;
• ARMdagi mavjud kitoblar va adabiyotlar tahlilini o'rganish, yangi kitoblar va adabiyotlarga buyurtma tayyorlash;
• Yangi kelgan kitoblarni inventar kitobiga hamda jamlanma kitobiga o'tkazish;
• Nazoratdagi kitoblardan foydalanishni kitobxonlarga o'rgatish;
• Yaroqsiz yoki mazmunan eskirgan kitoblarni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish;
• Yangi kelgan adabiyotlarning nazorat kartochkasini yozish;
• Kitob bilan ta'minlanganlik kartotekaisini tuzish va shu kartoteka asosida ishlash.
Mehnat faoliyati
1998-1998 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Botanika kafedrasi laboranti
1998-2002 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi
2002-2007 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Ilmiy kutubxonasi kutubxonachisi
2007-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Axborot-resurs markazining «Adabiyotlar va elektron axborot resurs» bo‘limining axborot texnologiyalari bo‘yicha etakchi mutaxassisi
2016-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti axborot-resurs markazi adbiyotlar va elektron axborot-resurslar bo‘limi etakchi kutubxonachisi
2018–2021yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti axborot-resurs markazi Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglash va tizimlashtirish bo‘limi 1-toifali bibliograf
2021y.-h.v. - Samarqand veterinariya meditsinasi universiteti axborot-resurs markazi Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglash va tizimlashtirish bo‘limi AKT bo ‘yicha yetakchi mutaxassis