Shaxsiy ma‘lumotlar
Yakubova Shoira Rahmonovna
22.06.1959 yilda Samarkand shahrida tavallud topgan
1981 yilda Samarkand davlat universitetini (kechki)
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Lavozim vazifalari
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri:
Bo‘limdagi barcha xodimlar ishiga rahbarlik qilish;
Bo‘lim xizmatlariga doir ma'lumotlarni kitobxonalarga yetkazish;
Bo‘lim jamg‘armasi va ko‘rsatiladigan axborot xizmat turlarini targ‘ib qilish;
Xizmat ko‘rsatish madaniyatini ko‘tarish, kitobxonalarga kerakli asarlarni hujjatlarni tanlashda yordam berish, kitob ko‘rgazmalarini tashkil etish;
ARMga barcha ilmiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonalarga yetkazilishini ta'minlash;
Zahira bo‘limi fondini yuritish hisobini olib boradi,
Zahira fondini saqlash masalalari, adabiyotlarni qayta taqsimlashni tashkil etadi va javob beradi.
ARMning kitob fondini o‘rganish, mazmunan eskirgan, tuzilgan adabiyotlarni aniqlash va ularni hisobdan chiqarishni rasmiylashtiradi.
Hisobga olish hujjatlarining to‘liqligi va ishonchliligini, fondga kelib tushgan va undan chiqib ketgan har bir hujjatning hujjatlashtirilganligini ta'minlaydi.
Zahira fondida saqlanayotgan noyob nusxali adabiyotlar va hujjatlarga javobgarligini ta'minlaydi.
Zahira fondi yozma va raqamli hisobot berishni ta'minlaydi.
ARM fondiga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan hujjatlarning belgilangan hisobga olish birligida jamlama va yakka tartibda hisobga olishini amalga oshiradi.
Hisobga olish hujjatlarini uzoq muddat saqlash va ochish imkonini beradigan disk, boshqa tashuvchilarda kompyuter shaklida jamlama va yakka tartibda hisobga olishni ta'minlaydi.
Mehnat faoliyati
1976-1977 yy. – Samarkand qishloq xo‘jalik instituti kutubxonasi lifteryasi
1977-1981 yy. – Samarkand qishloq xo‘jalik instituti kutubxonachisi
1981-1991 yy. – Samarkand qishloq xo‘jalik instituti katta kutubxonachisi
1991-1998 yy. – Samarkand qishloq xo‘jalik instituti yetakchi kutubxonachisi
1998-2007 yy. – Samarkand qishloq xo‘jalik instituti kutubxonasi bo‘lim boshlig‘i 2007-2018 yy. – Samarkand qishloq xo‘jalik instituti axborot resurs markazining adabiyotlar va elektron xizmat ko‘rsatish bo‘lim boshlig‘i
2018-2022 yy. – Samarkand veterinariya tibbiyoti instituti axborot-resurs markazi Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i
2022 y. – h.v. – Samarkand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Axborot-resurs markazi Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri