Shaxsiy ma‘lumotlar
Qurbonova Gulsara Aliyevna 10.03.1959 yilda
Samarqand viloyati Samarqand shahrida tavallud topgan.
1986 y. Toshkent davlat ma’daniyat instituti (kunduzgi)
Kutubxonachilik va bibliograf yo’nalishini tamomlagan
Lavozim vazifalari
Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo'limi mudiri:
Bo'limdagi barcha xodimlar ishiga rahbarlik qilish;
Bo'lim xizmatlariga doir ma'lumotlarni kitobxonlarga yetkazish;
Bo'lim jamg'armasi va ko'rsatiladigan axborot xizmat turarini targ'ibot qilish;
Xizmat ko'rsatish madaniyatini ko'tarish, kitobxonlarga kerakli asar va hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish haqidagi og'zaki maslahatlarni berish, kitob ko'rgazmalarini tashkil etish, bibliografik sharhlar o'tkazish;
ARMga barcha ilmiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalarga tegishli bo'lgan elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonlarga yetkazilishini ta'minlash;
Axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish, axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborot resurslarini almashtirish va o'zaro foydalanish borasida ular bilan samarali o'zaro hamkorlikni ta'minlashni tashkil qilish;
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma'lumot xizmatlari yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma'lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta'minlashni tashkil qilish;
Axborot-kutubxona sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatini, shu jumladan tadqiqot ishlarini o'tkazishni hamda innovatsion loyihalarni ro'yobga chiqarishni, kutubxonaşunoslik, bibliografiyaşunoslik va kitobşunoslik sohalarida metodik qo'llanmalar hamda tavsiyalar tayyorlashni amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
O'zbekiston Respublikasida chiqarilgan nashrlarning davlat bibliografik hisobini va statistika hisobini yuritilishining nazoratini amalga oshirish;
Zamonaviy usullar va texnologiyalar asosida nodir va alohida qimmatga ega bo'lgan nashrlarni saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirilishini ta'minlash;. Xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlari bilan ilg'or ish tajribasini o'rganish va joriy etish bo'yicha xalqaro kutubxonalararo axborot almashuvlarni rivojlantirish, xalqaro kutubxona anjumanlari va tashkilotlarida qatnashish bo'yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
Milliy kutubxona huzuridagi o'quv-maslahat kurslarida va mintaqaviy axborot-kutubxona markazlarida axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish hamda choralar-tadbirlarni muvofiqlashtirish
Mehnat faoliyati
1978-1981 yy. -Samarkand qishloq xo'jalik instituti kutubxona liftýori
1981-1987 yy. -Samarkand qishloq xo'jalik instituti kutubxonachisi
1987-1989 yy. - Samarkand qishloq xo'jalik instituti katta kutubxonachisi
1989-1991 yy. - Samarkand qishloq xo'jalik instituti kutubxonachi-bibliografi
1991-1994 yy. - Samarkand qishloq xo'jalik instituti etakchi kutubxonachisi
1994-1996 yy. - Samarkand qishloq xo'jalik instituti kutubxonasi bosh bibliografi
1996-2001 yy. - Samarkand qishloq xo'jalik instituti etakchi mutaxassisi
2001-2007 yy. - Samarkand qishloq xo'jalik instituti kutubxonasi bibliografiya bo'limi boshlig'i
2007-2018 yy. - Samarkand qishloq xo'jalik instituti axborot-resurs markazi marketing va axborot xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i
2018-2022 yy. - Samarkand veterinariya meditsinası instituti axborot-resurs markazi Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo'limi boshlig'i
2022 y. - h.v. - Samarkand davlat veterinariya meditsinası chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti axborot-resurs markazi Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo'limi boshlig'i