WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Xalilov Xurshid Mansurovich

1-TOIFALI IQTISODCHI

  • Batafsil ma'lumotlar

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining moliyaviy, byudjet hamda taʻlim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi qarorlarini universitetda amalga oshirish, “Taʻlim toʻgʻrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Byudjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʻminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori va boshqa moliyaviy sohaga oid qonun va yoʻriqnomalarda koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirilishini taʻminlash, universitetning moliyaviy davr uchun xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy koʻrsatgichlarini tahlil qilish va moliyaviy sohaga tegishli boshqa tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

REJA-MOLIYA BOʻLIMI 1-TOIFALI IQTISODCHISINING LAVOZIM VAZIFALARI

     Universitetning barcha moliyaviy xarajatlar smetalarini tayyorlash uchun kerakli maʻlumotlarni toʻplash va tahlil qilish;
     Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning xarajatlar smetalarida xarajatlarni moddalar boʻyicha tahlil etish;
     Smetada koʻrsatilgan mablagʻlardan maqsadli, toʻgʻri va samarali foydalanishni, ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
     Maʻmuriyat va xoʻjalik boʻlimi xodimlari roʻyxati yuritish, xodimlarga tegishli boʻlgan buyruqlarni kiritish va xodimlar boʻlimi maʻlumotlari bilan taqqoslash;
     Mehnat hisobotlarni tayyorlash va belgilangan muddatlarda statistika organlariga taqdim etib borish boʻyicha universitet buxgalteriya xodimlariga hamkorlik qilish;
     Choraklik, yillik byudjet moliyaviy hisobotlarini ilovalari bilan (kontingentlar boʻyicha, set, shtat,  ish haqi fondi) tayyorlash va boʻlim boshligʻiga taqdim etib borish;
    Har oyda universitet xodimlarining oylik ish haqlari tabelini tekshirish, hisobot uchun ish soatlari, asosiy va oʻrindoshlar ish birliklarini hisoblash va buxgalteriya boʻlimi maʻlumotlari bilan taqqoslash;
    Oylik ish haqlari oshishi munosabati bilan maʻmuriyat va xoʻjalik boʻlimi xodimlarini, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar  boʻyicha shtat jadvalini tayyorlash, stipendiya miqdorlarini hisoblash va boshqa xarajatlarni tayyorlash;
Boʻlim boshligʻining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
Universitet ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
    Oʻzbekiston Respublikasining  taʻlimga oid  Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda  Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Hayʻat Qarorlari, buyruqlari, yoʻriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet rektori buyruqlari mohiyatini anglash;
    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga – intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, masʻuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʻiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʻminlash xususiyatlariga ega boʻlishi; 
Oliy maʻlumotga ega boʻlishi;
     Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʻlumotlardan xabardor boʻlishi zarur.