IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR, JISMONIY MADANIYAT VA SPORT KAFEDRASI

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR, JISMONIY MADANIYAT VA SPORT KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Narziyeva Nargiza Norkuziyevna
Qabul vaqti:Har kuni (8:00-16:00)
Telefon:+99893 333510 96
Elektron pochta: zarifovmuhammadjon7@gmail.сom
                                                                       Biografiya
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Narziyeva Nargiza Norkuziyevna 1996 yilda Samarqand davlat universitetining bakalavriat, 2002 yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirda u SamDChTI mustaqil tadqiqotchisidir, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Yangi renessans davrida bo‘lg‘usi veterinar mutaxassislarining tadqiqotchilik kompetentsiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ustida tadqiqotchilik ishlarini olib bormoqda. U yuqori impak faktorli (Web of Science, Scopus) jurnallarda 20 dan ortiq maqolalarini chop etgan va 1 ta yakka mualliflikda oʻquv qoʻllanma, 1 ta hammuallikda darslik va elektron oʻquv qoʻllanmalar muallifidir.
 
                                                               Kafedra: kecha va bugun
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil topgan yili – 2018-yilda tashkil etilgan. 
1929 yildan boshlab institutning birinchi rektori, falsafa fanlari doktori, professor V.V.Makaveyev falsafa fani bo‘yicha talabalarga ma'ruza darslarini o‘qigan. V.V.Makaveyev institut rektori vazifasini bajarish bilan birga falsafa kafedrasini ham boshqargan. Keyinchalik falsafa fani bo‘yicha ma'ruza darslarini professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasining vitse-prezidenti I.M.Mo‘minov, A.D.Rodshild va A.X.Mozitovlar o‘qishgan.
Bu davrda kafedra “Sotsial-iqtisodiy fanlar” kafedrasi deb nomlangan. 1965 yilda “Falsafa” kafedrasi mustaqil kafedra sifatida tashkil topdi.
“Falsafa” kafedrasini ko‘p yillar dotsent M.M.Axmedov boshqardi. Oxirgi yillarda kafedraning nomi bir necha bor o‘zgarib “Falsafa va ilmiy kommunizm” “Ijtimoiy fanlar”, “Falsafa va siyosatshunoslik” nomlari bilan ataldi. 1987 yilda esa institutda faoliyat ko‘rsatayotgan uchta ijtimoiy siyosiy fanlar kafedralari birlashtirilib, yagona “Ijtimoiy fanlar” kafedrasiga aylantirildi. Kafedra sobiq siyosiy iqtisod va partiya tarixi kafedrasi sifatida ham faoliyat ko‘rsatib, kafedraga dastlab tarix fanlari doktori, professor N.A.Aberqulov, tarix fanlari doktori, professor A.Abdusattorovlar boshchilik qildilar. Mazkur jamoada tarix fanlari nomzodlari dotsentlar H.I.Isayev, S.S.Sobirov, P.N.Shmatkov, A.R.Ro‘zimurodov, I.Jumanov, N.Ahmedov, S.Yahyoyevlar faoliyat ko‘rsatganlar.
1996 yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bazasida ikkita “Iqtisodiyot nazariyasi va o‘zbekiston tarixi” hamda “Falsafa va siyosatshunoslik” kafedralari tashkil topdi.
2000 yilda “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil etilib, unga pedagogika fanlari nomzodi N.Hamrayev, E.Nasimovlar mudirlik qilgan.
Mazkur kafedralarda turli yillarda mamlakatimizning mashhur olimlari I.M.Mo’minov, A.M.Aminov, A.G.Svetlichniy, A.Usmonov, S.Axtamov, S.A.Sodiqov, N.Naimov, Sh.Sulaymonnov, A.D.Rodshild, O.E.Qodirqulov, M.Mallayev, A.G’.G’oipov, Q.Ya.Yarboboyev, X.X.Siddiqov, R.Mamadiyev, E.Xadjiyev, T.Saidqulovlar ishlab keldilar.
“Iqtisodiyot nazariyasi va o’zbekiston tarixi” kafedrasiga 1997 yilgacha iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.Haitov boshchilik qildi. Undan keyingi yillarda kafedra mudiri lavozimida S.Nazarov, X.Normurodov, O.Turg’unboyevlar ishlab keldilar.
“Falsafa va huquq” kafedrasiga 1997 yilgacha falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.Sattorov boshchilik qildi. Undan keyingi yillarda kafedraga siyosiy fanlar doktori, professor J.Baxronov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent A.G’aybullayev, yuridik fanlari nomzodi T.Jabborovlar mudirlik qilib keldilar. 
2004 yil oktyabrda “Falsafa va huquq” hamda “O’zbekiston tarixi va taraqqiyot nazariyasi” kafedralari birlashtirilib, “Gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudirligi lavozimiga falsafa fanlari nomzodi L.Jamolov saylanib 2012 yilga qadar kafedrani boshqardi.
Samarqand qishloq xo‘jalik institutining “Gumanitar fanlar” kafedrasi 2004 yilda tashkil etilgan.
Kafedra ilmiy, ilmiy-uslubiy yo’nalishlar bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent pedagogika universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand davlat me’morchilikva qurilish universitetlari bilan mustahkam aloqada faoliyat olib bormoqda.
2021-2022 o‘quv yilida jami 37 ta ilmiy maqola chop etilgan. Shundan 5 tasi xalqaro jurnallarda, 11 tasi respublika jurnallarida, 8 tasi xalqaro anjumanlarda, 13 tasi respublika va universitet anjumanlarida chop etilgan.
Kafedra jamoasi universitet ijtimoiy-siyosiy hayotida, talabalar va xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Kafedra jamoasi o‘z faoliyatini o‘quv yiliga mo‘ljallangan reja asosida olib borib, kafedra majlislarida o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlar, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar holati uzluksiz ravishda tahlil qilinib, bu sohadagi ishlarni takomillashtirishga qaratilgan qarorlar, tavsiyalar ishlab chiqilib kelinmoqda.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sportkafedrasi professor-o‘qituvchilariningro‘yxati

Professor-o‘qituvchilarining familiyasi, ismi, sharifi

O‘qitadigan fanlari

O‘qitadigan fan shtat birligi

1

Dotsent Narziyeva N. N

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

1.0

2.

Dotsent Jamolov L. O‘

Falsafa

1.0

3.

Katta o‘qit.

Sayfiddinova J. B

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

1.0

4.

Katta o‘qit. Tuvalov A. B

Jismoniy madaniyat

1.0

5.

Katta o‘qit. Mirzayev A. X

Jismoniy madaniyat

1.0

6.

Dotsent Turg’unboyev A.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

0.75

7.

Katta o‘qit. Vaxobov M. T

Falsafa

1.0

8.

Katta o‘qit. Haydarov O.  E

Falsafa

1.0

9.

Katta o‘qit. Daminov A. S.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

1.0

10

o‘qit. Ostonov J. E

Falsafa

1.0

11

o‘qit. Suvanova D. K

Falsafa

1.0

12

o‘qit. Namozova U. N

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

1.0

13

o‘qit. Sultonova O. R

Falsafa

1.0

14

o‘qit. Imomov A. A

Jismoniy madaniyat

1.0

15

o‘qit. Xamidov A. G

Jismoniy madaniyat

1.0

16

o‘qit. Bozorova Sh. B.

Jismoniy madaniyat

1.0

17

o‘qit. Qoraboyev S. M

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

0.5

18

o‘qit. Tangirov Sh. A

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

0.25

19

o‘qit. Qurbonov Sh. Sh

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

0.25

Kafedradao‘qitiladiganfanlar:
1. Falsafa
2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
3. Jismoniy madaniyat
4. Maxsus  o’qitish metodikasi
5. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

 

LTR RTL