FAKULTET TARIXI (KECHA VA BUGUN) VETERINARIYA DIAGNOSTIKASI VA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGI FAKULTETI

FAKULTET TARIXI (KECHA VA BUGUN) VETERINARIYA DIAGNOSTIKASI VA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGI FAKULTETI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3703-sonli qarorga asosan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilgan bo’lib uning tarkibida yangi fakultet sifatida Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti ish boshlagan. Hozirgi davrda 500 nafardan ortiq talabalar tahsil olib, 2022-yilda fakultetning 112 nafar dastlabki bitiruvchilari veterinariya xizmatiga yo’llanma olishdi.

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetida quyidagi bakalavriatura ta’lim yo’nalishlari mavjud:
Veterinariya sanitariya ekspertizasi – go‘sht va sut korxonalari, kushxonalar, chorva mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar, logistika markazlari, zaxira oziq-ovqat omborlari, dehqon bozorlari, veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiradigan korxonalar, savdo obektlari va go‘sht mahsulotlarini sifatini oshirishga yo‘naltiriladi. 
Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari – epizootik va epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, infeksion kasalliklarning diagnostikasi, aholini zooantroponoz kasalliklardan himoya qilish, normativ hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, qishloq xo‘jalik va uy hayvonlari, mo‘ynali, ekzotik va yovvoyi hayvonlar, parrandalar, asalarilar va baliqlarga veterinariya xizmati ko‘rsatish.
Quyidagi magistratura mutaxassisliklari mavjud:
1.70840401 – Veterinariya sanitariyasi, veterinar sanitarlik-ekspertizasi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash gigiyenasi 
2.70840301 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi 
3.70840111 – Favqulodda vaziyatlarda veterinariya nazorati va jamoat salomatligini saqlash 
4.70840303 – Hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi 
5.70840108 – Baliq kasalliklari 
6.70840109 – Asalari kasalliklari 
7.70840110 – Parranda kasalliklari 
 

LTR RTL