FAKULTET O'QUV-USLUBIY ISHLARI. IQTISODOYOT FAKULTET
Fakultet faoliyati davomida Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Buxgalteriya hisobi”, “Nazorat va taftish” “Audit”, “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”, “Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi”, “Statistika”, “Qishloq xo‘jalik statistikasi”, “Qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyati tahlili”, “Iqtisodiy tahlil”, “Tannarx kalkulyasiyasi (rus tilida)”, “Paxta tozalash korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili”, “Atrof muhit iqtisodiyoti”, “Amaliy boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy tahlil” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr qilingan.
Fakultet faoliyatida xorijiy mamlakatlarning “TOP-1000”ga kirgan va respublikamizning yetakchi iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, jumladan, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan, ushbu universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan “Buxgalterskiy uchet i audit” fanidan ma’ruza va amaliy darslarni o‘tishlari rejalashtirilgan. Bundan tashqari, birgalikda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, fanning o‘quv uslubiy ta’minoti, uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar yozish rejalantirilgan.
Fakultetdagi mavjud barcha bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga professor-o’qituvchilar tomonidan ilhor pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda bilim berish maqsadida har bir fan bo’yicha darslik, o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy majmualar, keys-stadi, uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar