EPIZOOTOLOGIYA VA INFEKSION KASALLIKLAR KAFEDRASI
Kafedra mudiri
Ruziyev Zoxidjon Egamberdiyevich
Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
Telefon: +99897 228 35 44
Elektron pochta: ruzievzohid6@gmail.com
Biografiya
Z.E.Ruziyev 1962 yilda tug‘ilgan, veterinariya fanlari nomzodi. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Veterinariya fakultetini 1984 yilda tamomlagan. Dastlab 1984-1986 yillarda harbiy xizmatni bitirib, 1986-1988 yillarda Navoiy shahar Veterinariya stantsiyasi epizootolog vrachi va Sovetobod tumani «Leninchi chorvador» davlat xo‘jaligida bosh vetvrach o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. 1989-1994 yillarda akademik K.I.Skryabin nomidagi O‘zbekiston Veterinariya Ilmiy Tadqiqot Institutida aspiranturada o‘qigan va ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 1994-2000 yillar Navoiy shahar Veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi mudiri va 2000-2005 yillarda Navoiy viloyat Veterinariya laboratoriyasi direktori lavozimlarida ishlagan. 2005-2006 yillarda «Yangi Hayot Agro» O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi em qo‘shimchalari ombor mudiri vazifalarida ishlagan. 2015-2017 yillarda Navoiy viloyati Veterinariya boshqarmasi veterinariya vrachi va 2017-2019 yillarda «Umid bunyodkor servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati tsex boshlig‘i va 2019-2022 yillarda Samarqand veterinariya meditsinasi assistenti, Samarqand davlat Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi va kafedra mudiri vazifalarida ishlab kelmoqda.
Z.Ruziyev tomonidan 2 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta tavsiyanoma va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari, Veterinariya sanitariya ekspertizasi ta’lim yo‘nalishlari uchun namunaviy o‘quv dasturlarini tayyorlashda bevosita ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra: kecha va bugun
Kafedra 1929 yilda “Epizootologiya, mikrobiologiya, virusologiya va vetsanekspertiza” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan boʻlib, keyinchalik boshqa nomlar bilan ham ish olib borgan. 2018-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil topgandan soʻng “Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya” kafedrasi deb nomlangan.
Mazkur kafedrada turli yillarda fan arboblari V.S.Zarubkinskiy, K.P.Chepurov, I.I. Arxangelskiy, A.M.Axmedov, Sh.T.Rasulov, N.G.Shatoxin, X.K.Burxanova M.P.Parmanovlar kafedra mudirlari lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Kafedra olimlari tomonidan hayvonlarning kolibakterioz, salmonellyoz, trixofitiya, mastit kabi infeksion kasalliklarining diagnostikasi, profilaktikasi va qarshi kurash chora-tadbirlari oʻrganilgan, ularga qarshi biopreparatlar ishlab chiqilgan.
2022-yilda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil topgandan so‘ng, kafedra negizida yangi “Epizootologiya va infeksion kasalliklar” kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi vaqtda ushbu kafedrada professor X.S.Salimov, kafedra mudiri v.f.n. Z.E.Ruziyev, dotsent A.A.Qambarov, fan nomzodlari G.D.Saruxanyan, T.K.G‘aznakulov, assistentlar A.S.Allazov, O.I.Klichov, Sh.M.Abdullayevlar faoliyat koʻrsatib kelmoqdalar. Kafedra oʻqituvchilarining oʻrtacha yoshi–44 yosh. Ilmiy salohiyat 60 %.
Kafedrada oʻquv jarayoni moddiy texnika bazasini zamonaviy asbob - uskunalar, jihozlar, apparaturalar, reagentlar, himoya vositalari bilan taʻminlash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha fanlar oʻquv uslubiy majmualar, maʻruza matnlari, amaliy-laboratoriya mashgʻulotlar darslari pasporti va darslarni “online” tashkil etish maqsadida Platformada elektron baza yaratilgan. Amaliy-laboratoriya darslar sifatini oshirish maqsadida yangi xorijdan keltirilgan asbob uskunalar bilan jihozlangan oʻquv-laboratoriya xonalari tashkil etilgan. Kafedra assistenti A.S.Allazov tashabbusi bilan kafedra qoshida “Vivariy” tashkil etilgan bo‘lib, unda laboratoriya hayvonlari (oq sichqon, kalamush, dengiz choʻchqasi, quyon)lar saqlanmoqda hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedrada turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari shuningdek “Yosh epizootolog” ilmiy toʻgaragi faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha), Veterinariya sanitariya ekspertizasi, Veterinariya farmasevtikasi, Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari, Biotexnologiya taʻlim yoʻnalishlari uchun: “Epizootologiya va infeksion kasalliklar”, “Laboratoriya ishi asoslari”, “Veterinariya bioxavfsizligi” , fanlari oʻqitiladi.
Magistraturada: 70840501-Veterinariya mikrobiolgiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi, 70840502-Hayvonlarni yuqumli va parazitli kasalliklari mutaxassisliklari uchun: “Infeksion kasalliklar epizootologiyasi”, “Virusli kasalliklar (viriozlar) epizootologiyasi”, “Oʻta xavfli infeksion kasalliklarning ilmiy asoslari” fanlaridan maʻruza, amaliy-laboratoriya mashgʻulotlari oʻtiladi.
“Epizootologiya va infeksion kasalliklar” kafedrasida 5 ta taʻlim yoʻnalishlariga shu bilan birgalikda 2 ta magistratura mutaxasisliklari boʻyicha veterinariya fanlari oʻqitiladi. Bugungi kunda kafedra jamoasida 1nafar professor, 1 nafar dotsent, assistentlar 3 nafar, fan nomzodi assistent - 2 nafar 1 nafar vet vrach ordinator hamda 2 nafar laborant faoliyat koʻrsatmoqda.
Kafedrada maʻruza, amaliy- laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun jami 6 ta maхsus jihozlangan oʻquv xonalari mavjud. Bitta kompyuter xona - 11 ta kompyuterlar bilan jihozlangan.
2020-yilda zamonaviy jihozlar bilan taʻminlangan “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi va immunologiyasi” oʻquv laboratoriyasi tashkil etildi.
Talabalarning oʻquv ishlab chiqarish amaliyotlari viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarida, veterinariya davlat tashxis markazlarida, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish va zooveterinariya punktlarida, ilgʻor fermer, dehqon va shirkat xoʻjaliklarida hamda veterinariya ilmiy tadqiqot institutida hamkorlik shartnomalari asosida oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonning bir qator oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari “Samarqand Davlat Universiteti”, “Toshkent Davlat agrar universiteti”, “Samarqand Davlat tibbiyot universiteti”, “Andijon qishloq xoʻjalik instituti”, “Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti”, “Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti” bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedra xodimlari horijiy oliy oʻquv yurtlaridan K. I. Skryabin nomidagi “Moskva Davlat veterinariya meditsinasi va biotexnalogiya akademiyasi”, “Sankt-Peterburg Davlat Veterinariya meditsinasi akademiyasi”, E.Bauman nomidagi “Qozon veterinariya tibbiyoti akademiyasi”, “Olmaota zooveterinariya instituti”, Qirg’iziston, Tosjikiston, Turkmaniston, veterinariya meditsinasi institutlari Qozog‘iston milliy agrar tadqiqotlar universiteti va Belorussiya Respublikasining “Hurmat belgisi” ordenli Vitebsk veterinariya meditsinasi Davlat akademiyasi bilan hamkorlik oʻrnatilgan.
Mustaqil Respublikamizda kechayotgan ijobiy oʻzgarish va rivojlanishlarga hissa qoʻshish, kafedra jamoasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Kafedramiz jamoasi ertangi kunimiz egalari boʻlmish intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan yoshlarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali yetuk kadrlarni tayyorlashda oʻz bilim va tajribalarini ayamaydilar.
Kafedra o‘qituvchilar ro‘yxati
F.I.Sh
|
O‘qitadigan fan
|
Shtat birligi
|
Ruziyev Zoxidjon
Egamberdiyevich
|
Laboratoriya ishi asoslari
Virusli infektsion kasalliklar (viriozlar) epizootologiyasi
|
1,0
|
Salimov Hait Salimovich
|
Epizootologiya va infektsion kasalliklar, Infektsion kasalliklar epizootologiyasi,
|
0,5
|
Qambarov Abdurauf Abdurasulovich
|
O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar
Epizootologiya va infektsion kasalliklar, O‘ta xavfli infektsion kasalliklar
|
0,75
|
Saruxanyan Garik Danielovich
|
Laboratoriya ishi asoslari (rus), Epizootologiya va infektsion kasalliklar, Veterinariya bioxavfsizligi, Mikologiya s mikotoksikologiey
|
1,0
|
Gaznakulov Tojimurot Kilichevich
|
Veterinariya bioxavfsizligi, Epizootologiya, Epizootologiya va infektsion kasalliklar
|
0,5
|
Abdullayev Shuxrat Musayevich
|
Epizootologiya va infektsion kasalliklar, Epizootologiya
|
0,5
|
Allazov Anvar Saloxovich
|
Epizootologiya va infektsion kasalliklar, Epizootologiya
|
1,0
|
Klichov Odil Ilxomovich
|
Epizootologiya va infektsion kasalliklar, Veterinariya bioxavfsizligi
|
1,0
|
Ilgekbayeva Gulnaz Duysekovna
|
Epizootologiya va infektsion kasalliklar (ing)
|
0,25
|
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavr
• Laboratoriya ishi asoslari
• Epizootologiya va infektsion kasalliklar
• Epizootologiya
• Veterinariya bioxavfsizligi
Magistratura
• Virusli infektsion kasalliklar (viriozlar) epizootologiyasi
• Infektsion kasalliklar epizootologiyasi
• O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar
• O‘ta xavfli infektsion kasalliklar