AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

Kafedrasi mudiri

Safarova Lola Ulmasovna

Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)


Telefon: +998975588191


Elektron pochta:  lola.safarova.81@inbox.ru


                                                                       Biografiya
Safarova Lola Ulmasovna 10 yanvar 1981-yil Samarqand viloyati Samarqand tumanida tavallud topgan. 1999-2003 yillar Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakultetida bakalavr va 2005-2007 yillar Toshkent axborot texnologiyalar universitetining Samarqand filialida magistraturasida taxsil olgan. Dastlab 2008-2013 yillar Samarqand tuman Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji informatika fani o’qituvchisi va texnika fanlari kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2013 yildan xozirgi kungacha faoliyati Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti bilan bog‘liq. Xozirgi kunda “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. 2022 yilda Raqamli texnologiyalar va suniy intelektni rivojlantirish institutida Qoramollar kasalligini tashxislashning noravshan-mantiq algoritmlari mavzusida Phd dissertatsiyasini himoya qilgan. 
Bu ish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi PQ-120-sonli «O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga to‘liq mos keladi, ya’ni veterinariya sohasida axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llash. O‘zbekistonda ilk marotaba qoramollardagi kasalliklarni tashxislash model va algoritmlarini hamda dasturiy ta’minotini ishlab chiqqan. Dissertasiya ishining dolzarbligi shundan iboratki, u veterinariyada avtomatlashtirilgan tizimni yaratishga yordam beradi va veterinar vrachga yordamchi tizim hisoblanadi. 35 tadan ortiq ilmiy maqolalar va 5 dasturiy ta’minot guvohnoma muallifi hisoblanadi. Scopus bazasida 7 dan ortiq maqolalar muallifi va h-indiksi-3, Google Scholar bazasida h-indiksi-4 hisoblanadi. 2022 yil Samarqand viloyatida yosh olima ayollar tanlovida “Eng yaxshi innovatsion loyiha nominatsiyasi” g’olibi. Ayni paytda doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. 
                                                             KAFEDRA: KECHA VA BUGUN
Samarqand davlat veterinariya meditsinsi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida  “Axborot texnologiyalar” kafedrasi 2022-2023 o’quv yilida yangi tashkil etilgan kafedra bo’lib. Kafedrada 1 nafar professor, 2 nafar dotsent, 1 nafar katta o’qituvchi va 6 nafar o’qituvchilar faoliyat yuritadi. Kafedrada  yangi zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlangan 3 ta kompyuter o'quv xonalari mavjud. 
Kafedrada darslar zamonaviy axborot-kommunikatsiya va internet taxnologiyalaridan foydalanilgan holda o’tilmoqda.

Kafedra o’qituvchilar ro‘yxati

I.F.Sh

O‘qitadigan fan

Shtat birligi

Safarova Lola Ulmasovna

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar, Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

1,0

Urdushev Xamrakul

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar

1,0

Mavlyanov Majid Tuychiyevich

Ekonometrika, Amaliy matematika

1,0

Primova Xolida Anorboyevna

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar, Sohada raqamli texnologiya

0,5

Eshanqulov Sirojiddin Xakimovich

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar

1,0

Aktamova Vasila Uktamovna

Ekonometrika, Amaliy matematika

1,0

Babajanov  shuxrat Baltabayevich

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar, Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

0,5

Kudratov Alisher Toshpulatovich

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar

0,5

Sulaymonov Mirobid Abduxolikovich

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar

1,0

Sindarov Obid Mirzalimovich

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar

0,5

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavr

Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar 
Sohada axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
Ekonometrika
Amaliy matematika
Magistratura
Sohada raqamli texnologiyalari

 

 

 

LTR RTL