Top Bar

Samarkand city, Mirzo Ulugbek 77 Address
ssuv@edu.uz Email
+998 55 707-76-86 Hotline
+998 55 707-76-86 Hotline
NEWS

SamDVMChBUda zamonaviy “Parrandachilik kompleksi” ochildi

  • Home
  • News
  • SamDVMChBUda zamonaviy “Parrandachilik kompleksi” ochildi
News

SamDVMChBUda zamonaviy “Parrandachilik kompleksi” ochildi

SamDVMChBUda zamonaviy “Parrandachilik kompleksi” ochildi

Bugun, 12-sentabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining O‘quv-tajriba xo‘jaligida “Navobod Naslli Parranda” klasteri bilan hamkorlikda tashkil etilgan zamonaviy “Parrandachilik kompleksi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari Jabborov Botir Shukurovich, klaster rahbari Uroqov Haydar Muhammadiyevich, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, mazkur kompleks talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. Tadbir yakunida ishtirokchilar kompleksda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, kelgusidagi qo‘shma loyihalar va istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashdilar.