FAKULTET O'QUV-USLUBIY ISHLARI. BIOTEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

FAKULTET O'QUV-USLUBIY ISHLARI. BIOTEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy talablaridan biri o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish  hisoblanadi. Ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti asosida avvalo Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM vakillari tomonidan ekspertizadan o‘tkazildi. Ishlab chiqilib tasdiqlangan DTS ga asosan  1-kurs talabalari institut  rektorining 27.08.2021 yildagi, 2-bosqich talabalari O‘zR OO‘MTVning 2020 yil 14 avgustdagi № 418-sonli hamda 3- va 4- kurs 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, ishlab chiqilgan MT va namunaviy o‘quv rejalari 5 ta bakalaviriyat ta’lim yo‘nalishlari ishlab chiqilib o‘quv jarayonida foydalanilmoqda. Intelektual salohiyatiga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash  hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish talab qilinmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni   chop etish, ta’lim yo‘nalishlarini o‘tiladigan fanlar bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Ta’lim yo‘nalishlari:
60710200-Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
60840200-Veterinariya farmatsevtikasi 
60840500-Veterinariya biotexnologiyasi
60812100-Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o‘quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul hamda o‘z vakolat doirasida bitiruvchilaming tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim tashkilotining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv –uslubiy boshqarma boshlig‘i, fakultet dekani va kafedra mudirlari) va professor-o‘qituvchilari;
- ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi va fan dasturlarini o‘zlashtiruvchi oliy ta’lim tashkilotining talabalari;
- bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
- ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari;
- oliy ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
- oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari;
- kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
- oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirayotgan abituriyentlar, ularning ota-onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.
Fakultet qoshida quyidagi o’quv-ilmiy laboratoriyalar faoliyat olib bormoqda:
-Biotexnologiya kafedrasi qoshida   universitetimizning O’quv-ilmiy labaratoriya binosining 1 qavat 669,676,678,679 xonalariga joylashtirilib  jihozlangan   “Biotexnologiya o’quv labaratoriyasi” mavjud. 
Ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida 60840500- Veterunariya biotexnologiyasi, 60812100-Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishlari,  kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida esa  60710200-Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha), 60840200-Veterinariya farmatsevtikasi,  60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. 
Fakultetda mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi bo’yicha adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi tahlili bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlardan ta’minlanish darajasi 70 foizdan 100 foizgachani  tashkil qiladi.

 

LTR RTL