O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lganligi munosabati bilan SamDVMCHBU rektori, professor, QR qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi akademigi Xudaynazar Yunusovning tabrigi
Muhtaram yurtdoshlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Barchangizga bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak,mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xususan, 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Millatning mavjudligi uning tili bilan belgilanishi shubhasiz. Til – millat ko‘zgusi, deyishimizning sababi ham shunda.