Universitetning iqtidorli va ijodkor talabalari bilan taniqli ijodkor, so'z ustasi Ortiq Sultonov hamda aktyor Fazliddin Boliqulovlar uchrashuv o'tkazdi.


Ushbu uchrashuv orqali talaba-yoshlarimiz turli janrlarda mahoratlarini ko'rsatib berishdi. Uchrashuvdan maqsad universitetda Ortiq Sultonovning "Mahorat maktabi" faoliyatini yo'lga qo'yish hamda mazkur "Mahorat maktabi"ga iqtidorli va ijodkor talabalarni kasting orqali saralab olish ko'zda tutilgan.


Mazkur kasting yana payshanba kuni davom etadi. Barcha o'z mahoratini namoyon etish istagida bo'lgan talaba-yoshlarimizni keyingi uchrashuvlarda kutib qolamiz.