Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida V Respublika yoshlar forumi oldidan tayyorgarlik jarayonlari yuqori kayfiyatda davom etmoqda.


Turli hududlardan, xususan Nukus va Toshkent shahar universitet filialidan tashrif buyurgan o‘qituvchi va talaba-yoshlar samimiy va tantanali ruhda kutib olindi.


Mehmonlar uchun yaratilgan iliq muhit, ochiq chehralar va samimiy muloqot forumning ilk daqiqalaridanoq o‘ziga xos muhitni shakllantirdi.
Ochilish marosimidan oldingi ushbu jarayonlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va yuqori motivatsiya uyg‘otmoqda.

Har bir ishtirokchi bu forumdan katta taassurot va yangi imkoniyatlar kutmoqda!

Ayni damda esa barcha e’tibor — yaqinlashib kelayotgan tantanali ochilish marosimiga qaratilgan!